Rossiya terma jamoasi Karpin ishtirokidagi yangi yil videosini e’lon qildi

Rossiya terma jamoasi Karpin ishtirokidagi yangi yil videosini e’lon qildi
Rossiya terma jamoasi matbuot xizmati jamoa bosh murabbiyi Valeriy Karpin ishtirokidagi yangi yil videosini e’lon qildi. Shuningdek, rolikda ayrim futbolchilar — Matvey Kislyak, Daniil Fomin, Ivan Oblyakov va Konstantin Tyukavin ham suratga tushgan.

Videoda Karpin Qorbobo rolida ko‘rinadi. Unga Artyomdan milliy jamoaga chaqirishni so‘ragan xat keladi.

«Yangi yil arafasi — eng kutilgan vaqt. Mo‘jiza uchun superkuchlar kerak bo‘lmaydigan vaqt», — deyiladi Rossiya terma jamoasi matbuot xizmati xabarida.

2025 yilda Rossiya terma jamoasi 10 ta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi: 6 ta g‘alaba qozondi, 3 marta durang o‘ynadi va 1 marta mag‘lub bo‘ldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.