Neres «Napoli» safida ketma-ket ikki o‘yinda gol urdi

Neres «Napoli» safida ketma-ket ikki o‘yinda gol urdi
Braziliyalik yarim himoyachi David Neres Italiya Superkubogida klubiga g‘alaba keltirdi — u «Bolonya» darvozasini ikki bor ishg‘ol qildi. Avvalroq, yarim finalda ham Neres «Milan»ga gol urgandi, o‘shanda neapolliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, Massimiliano Allegri jamoasini turnirdan chiqarib yuborgan edi.

Ma’lum bo‘lishicha, Neres «Napoli» safida ilk bor ketma-ket ikki o‘yinda gol urdi — avval bunga erisha olmagan. Eslatib o‘tamiz, «Napoli» 1991 va 2014 yillardagi g‘alabalardan so‘ng Italiya Superkubogini uchinchi marta qo‘lga kiritdi.

Neres 2024 yilda Neapolga ko‘chib o‘tgan. A Seriya turnir jadvalida klub hozir uchinchi o‘rinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.