Real Vinisiusga 2026 yilda yangi shartnoma taklif qiladi

Madridning "Real" klubi hujumchi Vinisius Junior bilan xayrlashishni istamayapti. Braziliyalik futbolchi yaqinda "Sevilya"ga qarshi o‘yinda "Santyago Bernabeu" tribunalaridan hushtakbozlikka uchraganidan so‘ng OAVda yulduzning "qaymoqranglilar" safini tez orada tark etishi haqidagi mish-mishlar yana tarqaldi.
Biroq jurnalist Arancha Rodriges xabar berishicha, "Real" hanuz Vinisiusni yorqin kelajak kutayotganiga ishonadi. 2026 yilda futbolchiga yangi shartnoma taklif qilinadi.
25 yoshli futbolchining "qirollik" klubi bilan amaldagi kelishuvi 2027 yil o‘rtalarida yakunlanadi. Transfermarkt ekspertlari bahosiga ko‘ra, hujumchining qiymati 150 mln yevroni tashkil etadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Biroq jurnalist Arancha Rodriges xabar berishicha, "Real" hanuz Vinisiusni yorqin kelajak kutayotganiga ishonadi. 2026 yilda futbolchiga yangi shartnoma taklif qilinadi.
25 yoshli futbolchining "qirollik" klubi bilan amaldagi kelishuvi 2027 yil o‘rtalarida yakunlanadi. Transfermarkt ekspertlari bahosiga ko‘ra, hujumchining qiymati 150 mln yevroni tashkil etadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













