«Liverpul» Mak Allisterga yangi shartnoma taklif qilmoqchi

«Liverpul» Mak Allisterga yangi shartnoma taklif qilmoqchi
«Liverpul» yarim himoyachi Aleksis Mak Allister bilan shartnomani uzaytirish niyatida. Argentinalik futbolchining amaldagi kelishuvi 2028 yilda yakunlanadi, biroq «qizillar» rahbariyati хавбек bilan yangi bitim tuzishni istamoqda, deya xabar beradi jurnalist Ien Doyl.

Klubda jahon chempioniga Madridning «Real»i qiziqish bildirayotgani haqida xabardor, shu bois 27 yoshli futbolchi bilan aniq muzokaralarni yaqin vaqt ichida boshlashni rejalashtirmoqda. Aleksis Mak Allister 2023 yil yozida «Brayton»dan «Liverpul»ga o‘tgan.

Joriy mavsumda u Arne Slot jamoasi safida barcha musobaqalarda 24 o‘yinda maydonga tushib, 1 gol va 2 assist qayd etdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.