Emery Chelsi ustidan g'alabadan so'ng o'yinni tahlil qildi

\"Aston Villa\" bosh murabbiyi Unai Emery \"Chelsi\"ga qarshi 2:1 hisobidagi g\'alabadan keyin jamoasining o\'yini haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Londondagi bahsda \"villanlar\" irodali kambek qayd etdi: 37-daqiqada Joao Pedro hisobni ochgan bo\'lsa, ikkinchi bo\'limda Ollie Uotkins 63 va 84-daqiqalarda ketma-ket gol urib, dubl rasmiylashtirdi.
\"Birinchi bo\'limdagi reja o\'sha-o\'sha qoldi, ammo tanaffusgacha \'Chelsi\' fantastik o\'ynadi va ustunlik qildi. To\'pni qaytarib olish biz uchun juda qiyin bo\'ldi. Ikkinchi bo\'lim oldidan futbolchilarga aynan shuni aytdim: ishtiyoq ko\'rsatish va matonatni saqlash kerak\", — dedi Emery BBC Match of the Day bilan suhbatda.
\"Aston Villa\" barcha musobaqalarda ketma-ket 11-uchrashuvda g\'alaba qozonmoqda. Birmingem klubi APLning 18 turidan so\'ng uchinchi o\'rinda bormoqda: \"Arsenal\"dan 3 ochko, \"Manchester Siti\"dan esa 1 ochko ortda.













