Kroos Realda Vinisius bilan aloqalari qanday bo'lganini aytdi

Myunxenning «Bavariya»si va Madridning «Real»i safida to\'p surgan Toni Kroos «qirollik klubi»da braziliyalik futbolchilar bilan munosabatlari haqida gapirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Nemis yarim himoyachining so\'zlariga ko\'ra, u bolaligidan braziliya futbolini yoqtiradi va Madridda Vinisius, Militao hamda Kazemiro bilan tezda til topishgan. Kroos ayniqsa maydonda Vinisius bilan o\'zaro uyg\'unlik kuchli bo\'lganini ta\'kidladi: hujumchi uning uzatmalaridan unumli foydalangan, Kroos esa Vinisiusning keskin yugurishlari va ochilishlaridan maksimal darajada foydalanib kelgan.
Eslatib o\'tamiz, Kroos «Real» sharafini 2014 yildan 2024 yilgacha himoya qilgan. U «qaymoqranglilar» safida UEFA Chempionlar ligasida besh bor g\'olib chiqqan.













