Nepomnyashchiy Safonov PSJda asosiy darvozabon bo'lishiga ishonadi

Nepomnyashchiy Safonov PSJda asosiy darvozabon bo'lishiga ishonadi

«Baltika»ning sobiq bosh murabbiyi Valeriy Nepomnyashchiy rossiyalik darvozabon Matvey Safonovning «PSJ»dagi istiqbollari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassisning aytishicha, Safonov yangi yilda Parij klubida asosiy darvozabon maqomini qo'lga kiritishi mumkin. Nepomnyashchiy Matveyda buning uchun zarur sifat va imkoniyatlar borligini, u 2025 yilni o'yin jihatidan yaxshi yakunlaganini ta'kidladi.

Joriy mavsumda 26 yoshli Safonov barcha turnirlarni hisobga olganda to'rtta uchrashuvda maydonga tushdi: uchta gol o'tkazib yubordi va ikki bor darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.

4-yanvar kuni «PSJ» Liga 1ning 17-turi doirasida o'z maydonida «Parij»ni qabul qiladi. Uchrashuv 00:45 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.