Artyom Dovbikni ikki Yevropa klubi sotib olishni istamoqda

Artyom Dovbikni ikki Yevropa klubi sotib olishni istamoqda

Rimning “Roma” klubida to‘p surayotgan ukrainalik markaziy hujumchi Artyom Dovbik yanvar oyidagi transfer oynasida jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda insayder Janluka Di Marsio ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko‘ra, futbolchiga ikki klub qiziqish bildirmoqda: Italiyadagi “Komo” va Angliyaning “Everton” jamoasi.

Joriy mavsumda 28 yoshli hujumchi “Roma”ning asosiy tarkibidagi o‘rnini yo‘qotdi. Dovbik A Seriyada 11 uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 1 ta assist qayd etdi.

Futbolchining transfer qiymati 20 million yevroga baholanmoqda. Uning “Roma” bilan shartnomasi 2029 yil o‘rtalarigacha amal qiladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.