Ikkinchi Bundesliga to'purari Yunus Ebnutalib Ayntaraxtga o'tadi

Ikkinchi Bundesliga to'purari Yunus Ebnutalib Ayntaraxtga o'tadi

22 yoshli hujumchi Yunus Ebnutalib Frankfurtning «Ayntaraxt» jamoasiga qo'shiladi. Klub bu haqda rasmiy sayti orqali ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Transfer 2026 yil 1 yanvardan kuchga kiradi. Tomonlar 2031 yil yozigacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi. Boshqa manbalarga ko'ra, Ikkinchi Bundesliganing joriy mavsumidagi eng sermahsul futbolchisi bo'lgan Ebnutalib uchun tovon puli bonuslarsiz 8 million yevroni tashkil etadi.

Marokash ildizlariga ega futbolchi «Elfersberg» safida 19 uchrashuvda 12 bor raqib darvozasini ishg'ol qildi. Uning hissasi bilan jamoa turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda va peshqadam «Shalke»dan 4 ochko ortda qolmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.