Arrigo Sakki Interni chempionlik poygasida favorit deb bilmaydi

Arrigo Sakki Interni chempionlik poygasida favorit deb bilmaydi

Italiyalik taniqli mutaxassis Arrigo Sakki A Seriyadagi chempionlik kurashi haqida fikr bildirdi. U milanlik «Inter»ni mavsumning aniq favoriti sifatida ko‘rmayapti va Kristian Kivu boshchiligidagi jamoada ko‘zga tashlanmayotgan muammolar borligini ta’kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Hamma “Inter” chempionat favoriti deydi, ammo jadvalda vaziyat juda zich. “Inter”da avval ham ayrim qiyinchiliklar paydo bo‘lgan. Tarkib chempionlik uchun kurashishga mos, lekin menimcha, hozircha bu jamoa o‘z salohiyatini to‘liq ko‘rsata olmayapti», — deya Sakki so‘zlarini pianetamilan.it keltirdi.

Hozirda «Inter» Italiya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.