Kuzmichyov Golovin top klubda yetakchiga aylanganini aytdi

Kuzmichyov Golovin top klubda yetakchiga aylanganini aytdi

Mashhur futbol agenti Vladimir Kuzmichyov rossiyalik yarim himoyachi Aleksandr Golovinning «Monako»dagi muvaffaqiyatli faoliyati haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Bu, albatta, juda yaxshi namuna. Golovin rossiyalik futbolchi top klubda shunchaki moslashibgina qolmay, jamoaning asosiy figurasi bo‘la olishini isbotladi: natijaga ta’sir qiladi, gollar uradi, klubning yuzi bo‘lib yuribdi», — dedi Kuzmichyov «Match TV»ga.

Shu bilan birga, agent faqat Golovin misolida to‘xtab qolmaslik kerakligini ta’kidladi: undan-da kattaroq maqsadlarni ko‘zlash, yangi chaqiriqlardan cho‘chimay qadam tashlash zarur.

Golovin 2018 yildan buyon «Monako» safida to‘p suradi. Joriy mavsumda 29 yoshli хавбек barcha musobaqalarda 15 o‘yinda qatnashib, 2 ta gol urdi va 1 ta assist qayd etdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.