Lamin Yamal «Espanyol»ga qarshi o‘yinga tayyor bo‘lib turibdi

Lamin Yamal «Espanyol»ga qarshi o‘yinga tayyor bo‘lib turibdi

«Barselona» hujumchisi Lamin Yamal kecha o‘zini yomon his qilgani sabab jamoa mashg‘ulotini o‘tkazib yuborgandi. Diario Sport xabariga ko‘ra, 2 yanvar kuni qanot futbolchisi ancha o‘ziga kelgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko‘ra, 18 yoshli futbolchi bugun jamoa bilan to‘liq hajmdagi treningda qatnashdi va ertangi «Espanyol»ga qarshi bahsda maydonga tushishga tayyor.

Joriy mavsumda Ispaniya terma jamoasi forvardi katalonlar safida 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol va 11 ta golli uzatma qayd etdi.

«Espanyol» — «Barselona» uchrashuvi 3 yanvar kuni 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.