Inter himoyachisi Acherbi Indzagi jamoasiga qaytishi mumkin

“Inter”ning markaziy himoyachisi Franchesko Acherbi Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi e’tibor markaziga tushdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Riyod klubi italiyalik tajribali futbolchini yozda ham ko‘rib chiqqan edi. Insayder Florian Plettenberg xabariga ko‘ra, hozir bu masala yana kun tartibiga qaytdi va transfer yanvar oyida amalga oshishi ehtimoli bor. Tomonlar o‘rtasida muzokaralar allaqachon boshlangan.
“Al-Hilol”ni bosh murabbiy sifatida Simone Indzagi boshqaradi — u Acherbini “Inter”dagi hamkorlik davridan juda yaxshi taniydi. 37 yoshli markaziy himoyachining “neradzurrilar” bilan shartnomasi joriy mavsum yakunida tugaydi, Transfermarkt bahosiga ko‘ra uning qiymati 2,5 mln yevroni tashkil etadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













