Benites A Seriyada chempionlik poygasi haqida fikr bildirdi

Benites A Seriyada chempionlik poygasi haqida fikr bildirdi

Mashhur ispaniyalik mutaxassis Rafael Benites, avvalroq "Napoli"ni boshqargan murabbiy, Italiya chempionatidagi hozirgi vaziyat yuzasidan o'z qarashlarini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Benitesning ta'kidlashicha, "Napoli" so'nggi uch mavsumning ikkitasi davomida titulni qo'lga kiritdi va buni "Inter", "Milan" hamda "Yuventus" kabi kuchli raqiblar fonida amalga oshirish yanada e'tiborga molik. Shunga qaramay, murabbiy chempion kim bo'lishini hozircha aniq ayta olmasligini, odatda bunday masalada mavsum yakuniga taxminan o'n tur qolganda vaziyat oydinlashishini qayd etdi.

Eslatib o'tamiz, hozir Rafael Benites Gretsiyaning "Panatinaikos" klubida ishlamoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.