Ante Rebich Milan davrini karyerasidagi eng yaxshi bosqich deb atadi

Italiyaning «Milan» klubi sobiq futbolchisi, xorvatiyalik Ante Rebich hozirda vatani jamoasi — «Hayduk» safida to‘p surmoqda. Hujumchi «Milan»dagi faoliyatini o‘z karyerasidagi eng yorqin va unumli davr sifatida esladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Rebichning aytishicha, aynan Milan safida u o‘yin va futbol tomondan eng yuqori darajaga chiqqan: u ko‘plab taniqli futbolchilarga qarshi maydonga tushib, o‘z imkoniyatlarini jiddiy sinovdan o‘tkazganini ta’kidladi.
Ayni paytda «Milan» A Seriya turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda va bugun «Kalyari»ga qarshi uchrashuv o‘tkazadi. «Milan» so‘nggi bor 2022 yilda Italiya chempioni bo‘lgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













