Virjil van Deyk faoliyatini yakunlash haqida fikr bildirdi

Virjil van Deyk faoliyatini yakunlash haqida fikr bildirdi

“Liverpul”ning markaziy himoyachisi Virjil van Deyk karyerasini yaqin orada yakunlashi mumkinligi haqidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Niderlandiyalik futbolchi bu borada hali aniq qaror yo‘qligini ta’kidlab, ketish haqida hech qachon bayonot bermaganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u kelajakni bunchalik uzoq rejalashtirmaydi va oldinda yana bir necha yil to‘p surish imkoniyati bor. Van Deyk uchun eng muhimi — o‘zi va yaqinlari baxtli bo‘lishi.

Ma’lumot uchun, van Deykning mersisayd klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Joriy Angliya Premyer-ligasi mavsumida himoyachi 21 uchrashuvda maydonga tushdi va 3 ta sariq kartochka oldi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.