Keyn va Karl Bavariyaning Volfsburgga qarshi asosiy tarkibida

Keyn va Karl Bavariyaning Volfsburgga qarshi asosiy tarkibida

Yakshanba kuni “Bavariya” 2026 yildagi ilk rasmiy uchrashuvini o‘tkazadi. Vensan Kompani shogirdlari Bundesligada “Volfsburg”ni qabul qiladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Myunxendagi bahs uchun Kompani start tarkibini shakllantirdi: Noyer, Stanisich, Ta, Upamekano, Laymer, Pavlovich, Bishof, Olise, Karl, Dias, Keyn.

“Bavariya” – “Volfsburg” uchrashuvi 21:30 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. O‘yindagi voqealarni LiveResult portali matnli translyatsiya orqali yoritib boradi.

Hozirda “Bavariya” Bundesligada peshqadam bo‘lib turibdi va ikkinchi o‘rindagi “Borussiya”dan 8 ochko oldinda. Dortmund jamoasi esa bir o‘yin ko‘proq o‘tkazgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.