Kalulyu professional sifatida doim o'ynashga intilaman dedi

Kalulyu professional sifatida doim o'ynashga intilaman dedi

Italiya A Seriyasining 20-turidagi so'nggi uchrashuvlarda turinlik «Yuventus» «Kremoneze»ni 5:0 hisobida yirik mag'lub etdi. Bellashuvda fransuz himoyachisi Per Kalulyu ham maydonga tushdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Avval «Milan» safida to'p surgan Kalulyu hozir Spalletti jamoasida doim ham asosiy tarkibdan joy ololmayapti. Shunga qaramay, u o'ynash imkoniyatidan mamnunligini yashirmadi.

«Maydonga tushganimdan xursandman. Professional futbolchisanmi, har doim voqealar markazida bo'lishni xohlaysan. Eng muhimi esa g'alaba — u mening shaxsiy o'yinimdan ham ustun», — deya Kalulyuning so'zlarini keltiradi Juvenews.eu.

Keyingi turda «Yuventus» safarda «Kalyari»ga qarshi bahs olib boradi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.