Jikiya agenti uning Antalyasporni tark etishi haqidagi gaplarga javob berdi

Jikiya agenti uning Antalyasporni tark etishi haqidagi gaplarga javob berdi

«Antalyaspor» futbolchisi Georgiy Jikiyaning agenti Vladimir Kuzmichyov rossiyalik himoyachining kelajagi borasida izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Agentning aytishicha, Jikiyaning ahvoli yaxshi va klub murabbiylar shtabi unga ishonmoqda. So‘nggi o‘yinlarda u maydonga tushmagani sababi — mikrojarohat bo‘lgan. Hozir esa to‘liq tiklangan va keyingi uchrashuvda o‘ynashi kutilmoqda.

Avvalroq OAVda turk klubi «Spartak»ning sobiq sardori bilan xayrlashmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Jikiya joriy mavsum Turkiya chempionatida 12 ta bahsda qatnashib, 2 ta gol urdi. Uning «Antalyaspor» bilan shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha amal qiladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.