Ronalduning 960-goli ortidan motivatsion murojaati yangradi

Ronalduning 960-goli ortidan motivatsion murojaati yangradi

Saudiya Arabistoni Pro-ligasining chorshanba oqshomidagi bahsida «Al-Nasr» «Damak»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvda Krishtianu Ronaldu ham gol urib, faoliyatidagi jami gollari sonini 960 taga yetkazdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Final hushtagidan ko‘p o‘tmay 40 yoshli portugaliyalik futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda qisqa, ammo mazmunli xabar qoldirdi: «Harakatni davom et, ishonishni davom et, kurashni davom et».

Avvalroq Ronaldu faoliyati davomida 1000 ta gol urish marrasiga yetishni maqsad qilganini ta’kidlagan edi.

Hozirda «Al-Nasr» Saudiya Pro-ligasi turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Jorje Jezush boshqaruvidagi peshqadam «Al-Hilol»dan jamoa 4 ochko ortda qolmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.