Trent Realni tark etib, Bavariyaga o'tishni xohlayapti

Trent Realni tark etib, Bavariyaga o'tishni xohlayapti

Himoyachi Trent Aleksander-Arnold o\'tgan yozda \"Liverpul\"ni tark etib, \"Real\" safiga qo\'shilgandi. Biroq uning Ispaniyadagi faoliyati kutilganidek ketmayapti: ingliz futbolchisini jarohatlar bezovta qilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Defensa Central xabariga ko\'ra, Trent \"Real\"dagi hozirgi vaziyatidan norozi va yozgi transfer oynasida klubini o\'zgartirish uchun allaqachon muayyan qadamlar tashlashni boshlagan. Manbaga ko\'ra, Aleksander-Arnoldning asosiy istagi — \"Bavariya\"ga borish.

Qayd etilishicha, bunday transfer amalga oshishi uchun \"Real\"ning roziligi zarur, chunki futbolchining shartnomasi 2031 yil o\'rtalarigacha mo\'ljallangan, tovon puli esa 1 milliard yevro etib belgilangan. Madrid klubi esa Trent yana yuqori saviyasiga qaytishiga va jamoa uchun muhim o\'yinchiga aylanishiga ishonmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.