Ronaldusiz g'alaba uchun Ronaldu ikki emoji qoldirdi

Krishtianu Ronaldu murabbiy bilan kelishuvga ko\'ra OFK Chempionlar ligasi 2 guruh bosqichi o\'yinlarida maydonga tushmayapti. Shunga qaramay, \"Al-Nasr\" yetakchisiz ham natija ko\'rsatishda davom etmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Saudiya klubi chorshanba kuni guruhdagi beshinchi uchrashuvini ham yutdi: Tojikistonda \"Istiklol\" 4:0 hisobida yirik mag\'lubiyatga uchradi. Bu g\'alaba \"Al-Nasr\"ning guruhni birinchi o\'rinda yakunlab, keyingi bosqichga chiqishini ta\'minladi.
O\'yindan keyin Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda jamoasining peshqadam sifatida navbatdagi bosqichga yo\'l olgani haqidagi postni repost qildi va unga ikki emoji — olov hamda olqish belgisini qo\'shdi.
40 yoshli hujumchining \"Al-Nasr\" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o\'rtalarigacha mo\'ljallangan.













