Slutskiy jamoasi Osiyo Chempionlar Ligasida yana mag'lub bo'ldi

Leonid Slutskiy boshqaruvidagi «Shanxay Shenxua» Osiyo Chempionlar Ligasida navbatdagi uchrashuvni ham ochkosiz yakunladi. Xitoy klubi umumiy bosqichning 6-turida safarda «Xirosima»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
O'yindagi yagona gol 78-daqiqada urildi: mezbonlar safida himoyachi Hayato Araki aniq zarba bilan hisobni ochdi. Bu natija «Shanxay Shenxua» uchun turnirdagi ketma-ket uchinchi mag'lubiyat bo'ldi.
Olti turdan so'ng Slutskiy jamoasi 4 ochko bilan jadvalda 11-o'rinda bormoqda. «Xirosima» esa 11 ochko jamg'argan holda uchinchi pog'onada joylashgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













