Titov Juventus va Napoli o'yiniga taxmin bildirdi

Titov Juventus va Napoli o'yiniga taxmin bildirdi

Italiya A Seriyasining 22-turidagi markaziy bahsda Turin shahrida «Yuventus» «Napoli»ni qabul qiladi. Bo'lajak uchrashuv oldidan futbol eksperti Egor Titov o'z prognozini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Titovning fikricha, bu safar «Napoli» imkoniyati yuqoriroq. U toza g'alabaga pul tikishni xatarli deb baholadi, biroq neapolliklar mag'lub bo'lmaydi, deya hisoblaydi. Uning taxminida 1:1 hisobidagi durang ehtimoli ham bor va u X2 hamda 1,5 dan ko'p gol varianti tomonida.

«Yuventus» – «Napoli» uchrashuvi yakshanba, 25-yanvar kuni Turindagi stadionda bo'lib o'tadi. O'yin 22:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.

21-turdan so'ng «keksalar» A Seriya jadvalida beshinchi o'rinda bormoqda, Antonio Konte jamoasi esa uchinchi pog'onani egallab turibdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.