Ronaldu faoliyatini yakunlash muddatini belgilab oldi

Ronaldu faoliyatini yakunlash muddatini belgilab oldi

“Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu qachon futbolni tark etishi borasida qaroriga yaqin. Jurnalist Ben Jeykobs bergan ma’lumotlarga ko‘ra, portugaliyalik yulduz 2027 yil yozida amaldagi shartnomasi tugagach Saudiya klubidan ketishni rejalashtirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko‘ra, aynan o‘sha paytda Ronaldu katta ehtimol bilan professional faoliyatiga ham nuqta qo‘yadi. 5 karra “Oltin to‘p” sohibi bo‘lgan futbolchi 2027 yilga kelib 42 yoshda bo‘ladi.

Ronaldu “Al-Nasr” safida 2023 yil boshidan beri to‘p suradi. Hozirda 40 yoshli hujumchi Saudiya Arabistoni chempionatida 16 o‘yinda 16 gol urib, to‘purarlar poygasida yetakchilik qilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.