Slutskij boshqaruvidagi Shanxaj Shenxua Osiyoda yana yutqazdi

Slutskij boshqaruvidagi Shanxaj Shenxua Osiyoda yana yutqazdi

Leonid Slutskij boshqaruvidagi «Shanxaj Shenxua» Osiyo Chempionlar ligasining umumiy bosqichi 6-turida ham ochkosiz qoldi. Xitoy klubi safarda «Sanfrechche Xirosima»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuv taqdirini 78-daqiqada mezbonlar hal qildi: himoyachi Hayato Araki gol urdi. Bu natija «Shanxaj Shenxua» uchun turnirdagi ketma-ket uchinchi mag‘lubiyat bo‘ldi.

Olti turdan so‘ng Slutskij jamoasi hisobida 4 ochko bor va u turnir jadvalida 11-o‘rinda bormoqda. «Xirosima» esa 11 ochko bilan uchinchi pog‘onaga joylashgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.