Eldor Shomurodov assist berdi Istanbul Bashakshehir Kayserispor ustidan yirik g'alaba qozondi

Eldor Shomurodov assist berdi Istanbul Bashakshehir Kayserispor ustidan yirik g'alaba qozondi

Turkiya chempionatining 19-turida O\'zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov samarali pas muallifiga aylandi. Uning jamoasi — Istanbul Bashakshehir — Kayserisporni 3:0 hisobida mag\'lub etdi. Bu haqda uzdaily.uz xabar beradi.

Uchrashuvning ilk daqiqalaridan maydonga ikki nafar o\'zbekistonlik futbolchi — Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev tushdi. Fayzullayev 81-daqiqada almashtirildi.

Hisob 35-daqiqada Devie Selke tomonidan penaltidan ochildi. 67-daqiqada esa Ramazan Chivelek o\'z darvozasiga to\'p kiritib qo\'ydi. Yakuniy 3-golni Nuno Da Kosta Shomurodovning aniq uzatmasidan so\'ng urdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Mushtariy
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.