Al-Nasr Sadio Mane bilan kelajak masalasini hal qildi

Al-Nasr Sadio Mane bilan kelajak masalasini hal qildi

Hujumchi Sadio Mane yaqin vaqt ichida «Al-Nasr»ni tark etishi ehtimoli yuqori. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

365Scores Arabia xabariga ko'ra, Saudiya klubi senegallik futbolchiga yangi shartnoma taklif qilmaslikka qaror qilgan. Mane bilan amaldagi kelishuv 2027 yil 30 iyungacha mo'ljallangan.

Mane 2023 yilda «Bavariya»dan «Al-Nasr» safiga 30 million yevro evaziga ko'chib o'tgan. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 17 o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt portali hujumchini 7 million yevroga baholamoqda.

Ayni paytda «Al-Nasr» Saudiya Arabistoni chempionati turnir jadvalida 37 ochko bilan uchinchi o'rinni egallab turibdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.