Eduard Mor hozirning o'zida «Oltin to'p»ni Pedriga berardi

Eduard Mor hozirning o'zida «Oltin to'p»ni Pedriga berardi

Moskvaning «Spartak» klubi sobiq himoyachisi Eduard Mor hozirgi paytda «Oltin to'p»ga kim eng munosib ekanini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uning fikricha, «Barselona» yarim himoyachisi Pedri kataloniyaliklar o'yinida hal qiluvchi rol o'ynayapti va jamoa natijasi ko'p jihatdan aynan unga bog'liq.

«U maydonda bo'lsa — bu butunlay boshqa o'yin. Ayni paytda u dunyoning eng yaxshi futbolchisi. Hozirning o'zida men «Oltin to'p»ni unga bergan bo'lardim, chunki o'yinga ta'siri juda katta», — dedi Mor «Match TV» efirida.

Mor Pedridan keyingi o'rinlarga Kilian Mbappe va Lamin Yamalni qo'ydi, biroq yakunda 23 yoshli ispan futbolchisini birinchi o'ringa loyiq ko'rdi.

2025/2026 yilgi mavsumda Pedri 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hozir u jarohat sabab safdan chiqqan, qaytishi mart oyi boshidan oldin kutilmayapti.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.