Kenan Yildiz Ronaldu va Del Pyero natijasini takrorladi

Kenan Yildiz Ronaldu va Del Pyero natijasini takrorladi

Kenan Yildiz A Seriyasida «Napoli»ga qarshi bahsda «Yuventus»ning uch golidan birini urdi. Uchrashuv esa Luciano Spalletti jamoasining yirik 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Opta ma’lumotiga ko‘ra, 20 yoshli turkiyalik futbolchi g‘alaba uchun uch ochko beriladigan davrda «Yuventus» safida A Seriyasining bir mavsumida «Napoli»ga qarshi har ikki o‘yinda ham gol urgan atigi beshinchi futbolchiga aylandi. Bungacha buni Krishtianu Ronaldu (2019/20), Alessandro del Pyero (2000/01), Darko Kovachevich (2000/01) va Fabrizio Ravanelli (1994/95) amalga oshirgan.

Joriy mavsumda Yildizning Italiya chempionatidagi hisobida 8 ta gol bor, hujumchi yana 4 bor jamoadoshlariga golli uzatma ham berdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.