Kenan Yildiz Ronaldu va del Pyeroning natijasini takrorladi

Kenan Yildiz Ronaldu va del Pyeroning natijasini takrorladi

Kenan Yildiz «Yuventus»ning «Napoli» darvozasiga kiritgan uch golidan biriga mualliflik qildi. Biroq uchrashuvda Luciano Spalletti jamoasi yirik hisobda zafar quchdi — 3:0. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Opta ma’lumotiga ko‘ra, 20 yoshli turkiyalik hujumchi — g‘alaba uchun uch ochko beriladigan davrda A Seriyasining bitta mavsumida «Napoli»ga qarshi ikki o‘yinda ham «Yuventus» safida gol urgan atigi beshinchi futbolchi. Undan avval buni Krishtianu Ronaldu (2019/20), Alessandro del Pyero (2000/01), Darko Kovachevich (2000/01) va Fabritsio Ravannelli (1994/95) amalga oshirgan.

Yildizning joriy A Seriyasi mavsumidagi jami ko‘rsatkichi: 8 ta gol va 4 ta golli uzatma.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.