Spalletti Juventus hujumchisi Yildizni begona sayyoralik deb atadi

Spalletti Juventus hujumchisi Yildizni begona sayyoralik deb atadi

\"Yuventus\" bosh murabbiyi Luchano Spalletti yana bir bor jamoa hujumchisi Kenan Yildizning o\'yinidan qoyil qolganini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

20 yoshli futbolchi A Seriyaning 22-turida \"Napoli\"ga qarshi uchrashuvda (3:0) \"qari sinyora\"ning yirik g\'alabasiga hissa qo\'shib, gol urdi.

\"Yildiz oddiy futbolchi emas — u go\'yo begona sayyoralik. Ba\'zan ataylab nimanidir xato qiladi, shunda odamlar uni oddiy inson deb o\'ylashi mumkin\", — dedi Spalletti DAZN bilan suhbatda.

Turkiyalik yosh yulduz joriy mavsumda Italiya chempionatida 21 o\'yinda 8 ta gol va 4 ta assist qayd etgan.

Turnir jadvalida \"Yuventus\" 42 ochko bilan beshinchi o\'rinda bormoqda, \"Napoli\" esa 43 ochko bilan to\'rtinchi pog\'onani egallab turibdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.