Kenan Yildiz Ronaldu va Del Pyero natijasini takrorladi

Kenan Yildiz Ronaldu va Del Pyero natijasini takrorladi

Kenan Yildiz “Yuventus”ning “Napoli” darvozasiga kiritgan uch golidan biriga mualliflik qildi. Uchrashuv 3:0 hisobida yakunlanib, Luciano Spalletti boshchiligidagi jamoa yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Opta ma’lumotiga ko‘ra, 20 yoshli turk hujumchisi uch ochko tizimi joriy etilgan davrda A Seriyasining bir mavsumida “Napoli”ga qarshi o‘tkazilgan ikkala o‘yinda ham “Yuventus” safida gol urgan atigi beshinchi futbolchiga aylandi. Avvalroq bu natijani Krishtianu Ronaldu (2019/20), Alessandro Del Pyero (2000/01), Darko Kovachevich (2000/01) va Fabricio Ravanelli (1994/95) qayd etgan.

Joriy mavsumda Yildiz Italiya chempionatida jami sakkizta gol urdi, shuningdek, jamoadoshlariga to‘rt bor golli uzatma ham berdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.