Spalletti Yuventus yulduzi Yildizni inoplanetalik deb atadi

Spalletti Yuventus yulduzi Yildizni inoplanetalik deb atadi

"Yuventus" bosh murabbiyi Luchano Spalletti yana bir bor hujumchi Kenan Yildizning o'yinidan qoyil qolganini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

20 yoshli futbolchi A Seriyaning 22-turi doirasida "Napoli"ga qarshi bahsda (3:0) jamoasining yirik g'alabasiga hissa qo'shib, gol ham urdi.

Spallettining ta'kidlashicha, Yildiz oddiy futbolchi emas: u "inoplanetalik"dek ko'rinadi, ba'zan esa ataylab xato qilgandek bo'lib, o'zini oddiy inson sifatida ko'rsatishga urinadi.

Turkiyalik yosh yulduz joriy A Seriya mavsumida 21 o'yinda 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi.

Hozirda "Yuventus" 42 ochko bilan turnir jadvalida beshinchi, "Napoli" esa 43 ochko bilan to'rtinchi o'rinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.