Real Mbappe borasida Chempionlar ligasi oldidan yangilik berdi

Real Mbappe borasida Chempionlar ligasi oldidan yangilik berdi

"Real" Yevropa Chempionlar ligasida "Benfika"ga qarshi safardagi uchrashuvga tayyorgarlik ko'rmoqda. Dushanba kuni jamoa navbatdagi mashg'ulotni o'tkazdi va klub rasmiy sayti ayrim futbolchilarning holati bo'yicha yangilangan ma'lumotlarni e'lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Xabarga ko'ra, Kilian Mbappe yakka dastur asosida me'yoriy yuklama bilan shug'ullangan. Antonio Ryudiger mashg'ulotning bir qismini umumiy guruh bilan o'tkazib, keyin individual ishlagan. Shuningdek, Mbappe va Karreras ham me'yoriy individual trening bajargani qayd etildi.

Ta'kidlanishicha, Eder Militao zalda mashq qilgan, Ferlan Mendi esa yakka tartibda — maydonda ham, bino ichida ham — tayyorgarlikni davom ettirgan.

"Benfika" — "Real" uchrashuvi 29 yanvar kuni 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.