Slutskiy jamoasi Osiyoda yana ochkosiz qoldi

Leonid Slutskiy boshqaruvidagi «Shanxay Shenxua» Osiyo Chempionlar ligasida navbatdagi maglubiyatini qabul qildi. Xitoy klubi umumiy bosqich 6-turida safarda «Xirosima»ga 0:1 hisobida yutqazdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv taqdirini 78-daqiqada yaponlar hal qildi: himoyachi Xayato Araki gol urib, mezbonlarga g'alabani olib berdi. Shu tariqa «Shanxay Shenxua» bu turnirdagi ketma-ket uchinchi maglubiyatini qayd etdi.
Olti turdan keyin Slutskiy shogirdlari 4 ochko bilan jadvalda 11-o'rinda bormoqda. «Xirosima» esa 11 ochko jamg'argan holda uchinchi pog'onadan joy olgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













