Barselona chap qanot himoyachisi bo‘yicha kelishuvga erishdi

"Barselona" chap qanot himoyachisi transferini yakunlashga yaqin. Fabritsio Romano xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar safini urugvaylik Patrisio Pasifiko to‘ldiradi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
19 yoshli futbolchi "Defensor Sporting"dan ijara asosida olinadi. Bitimda 1,8 million yevro va bonuslar evaziga sotib olish opsiyasi ko‘zda tutiladi, ayrim shartlar bajarilsa, bu band majburiy xaridga aylanishi mumkin.
Qayd etilishicha, Pasifiko dastlab "Barselona B" tarkibida o‘ynashni boshlaydi.
"Barselona"ning asosiy jamoasi navbatdagi uchrashuvini 28 yanvar kuni "Kopengagen"ga qarshi Chempionlar ligasida o‘tkazadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













