Micheldan Ter Shtegenning Jirona safidagi debyutiga baho

«Jirona» bosh murabbiyi Michel darvozabon Mark-Andre ter Shtegenning jamoa safidagi ilk o‘yinidan keyin uning chiqishini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Germaniyalik posbon «Xetafe»ga qarshi uchrashuvda debyut qildi va jamoasiga ochko olib kelishda yordam berdi. U bir gol o‘tkazib yubordi, bahs esa 1:1 hisobida yakunlandi.
«U fantastik o‘yin o‘tkazdi. Hujumni boshlashda katta hissa qo‘shadi, yakunda esa ajoyib seyv ham qildi», — deya Michelning so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.
Murabbiy darvozabon tanlash masalasi oson bo‘lmaganini ham tan oldi. U darvozabonlar bilan gaplashgan, biroq suhbat tafsilotlarini ochiqlamadi.
«Jirona» ter Shtegenni «Barselona»dan ijaraga oldi. Avvalroq darvozabonni ro‘yxatdan o‘tkazishda muammo yuzaga kelgani, sababi jamoada barcha darvozabon raqamlari band ekani haqida xabarlar tarqalgandi.













