Djikiya agenti Antalyaspor himoyachisi kelajagi haqida gapirdi

Djikiya agenti Antalyaspor himoyachisi kelajagi haqida gapirdi

«Antalyaspor» futbolchisi Georgiy Djikiyaning agenti Vladimir Kuzmichyov rossiyalik himoyachining klubdagi istiqboli borasida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Agentning aytishicha, Djikiyaning holati yaxshi va jamoa unga ishonmoqda. So‘nggi uchrashuvlarda maydonga tushmagani esa mikrojaraohat bilan bog‘liq bo‘lgan. Futbolchi hozir tiklanib bo‘lgan va Kuzmichyovning fikricha, u keyingi o‘yinda yana maydonda ko‘rinishi mumkin.

Avvalroq OAVda turk klubi «Spartak»ning sobiq sardori bilan xayrlashishni istayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Djikiyaning Turkiya chempionatidagi joriy mavsumdagi hisobida 12 ta o‘yin va 2 ta gol bor. Uning «Antalyaspor» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.