Inter Modrich vatandoshi Yakirovichni tarkibiga qo'shib oldi

Xorvatiyalik 18 yoshli himoyachi Leon Yakirovich Zagrebning «Dinamo» klubidan Italiya chempionatiga ko'chib o'tdi. Iqtidorli futbolchi endi Milaning «Inter» jamoasi safida to'p suradi, bu haqda klub matbuot xizmati ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Yakirovich «neradzurrilar» bilan 2030 yilgacha mo'ljallangan uzoq muddatli shartnomaga imzo chekdi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, bitim qiymati 2,5 million yevroga baholanmoqda. Yangi futbolchi dastlab «Inter»ning yoshlar jamoasida o'ynaydi.
«Inter» A Seriyaning joriy mavsumida peshqadamlikni ushlab turibdi. 22 turdan so'ng Milan klubi 52 ochko jamg'argan va eng yaqin ta'qibchisini besh ochkoga ortda qoldirmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













