Slutskiy boshqaruvidagi Shanghai Shenhua yana mag'lub bo'ldi

Slutskiy boshqaruvidagi Shanghai Shenhua yana mag'lub bo'ldi

Osiyo Chempionlar ligasining umumiy bosqichi 6-turida Leonid Slutskiy boshqarayotgan «Shanghai Shenhua» safarda «Sanfrecce Hiroshima»ga 0:1 hisobida yutqazib, yana ochkosiz qoldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuv taqdirini 78-daqiqada mezbonlar hal qildi: himoyachi Hayato Araki g'alaba golini urdi. Bu natija Xitoy klubi uchun turnirdagi ketma-ket uchinchi mag'lubiyat bo'ldi.

Olti turdan so'ng «Shanghai Shenhua» 4 ochko bilan jadvalda 11-o'rinda bormoqda. «Sanfrecce Hiroshima» esa 11 ochko jamg'argan holda uchinchi pog'onani egallab turibdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.