Rossiya terma jamoasi shifokori Safonov haqida yangilik berdi

Rossiya terma jamoasi shifokori Safonov haqida yangilik berdi

Rossiya terma jamoasi shifokori Mixail Vartapetov PSJ darvozaboni Matvey Safonovning qo‘lidagi jarohatdan keyingi tiklanishi borasida izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassisning aytishicha, Safonovdan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, reabilitatsiya jarayoni me’yorida ketmoqda. Shifokor darvozabon yaqin vaqt ichida yana maydonga qaytishiga umid bildirdi hamda futbolchining kayfiyati ijobiy va jangovar ekanini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli posbon qit’alararo kubok doirasida braziliyalik “Flamengo”ga qarshi uchrashuvda jarohat olgandi.

Safonovning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Futbolchining bozor qiymati 15 million yevroni tashkil etadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.