Kompani PSVga qarshi o'yin oldidan ehtiyotkorlikka chaqirdi

Kompani PSVga qarshi o'yin oldidan ehtiyotkorlikka chaqirdi

"Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani Yevropa Chempionlar ligasida PSVga qarshi bo'ladigan uchrashuv haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bahs Niderlandiyada, umumiy bosqichning yakuniy turi doirasida o'tkaziladi.

"PSVning "Napoli" ustidan 6:2, "Liverpul" ustidan 4:1 hisobidagi g'alabalari juda noyob natija. Ko'rinib turibdiki, ular o'ziga ishonadi. Jamoa hujumda kuchli, qarshi hujumga juda tez o'tadi, tarkibida gol ura oladigan futbolchilar bor. Ular "Yunion Sent-Jillua"ga ham yutqazgan, lekin biz — "Bavariya"miz. Biz ko'proq "Napoli" va "Liverpul" darajasidagi jamoalarga o'xshaymiz, shu bois ertangi o'yinda juda hushyor bo'lishimiz kerak", — dedi Kompani matbuot anjumanida.

"Bavariya" allaqachon 1/8 finalga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani kafolatlagan. PSV esa 22-o'rinda bormoqda va pley-offning dastlabki bosqichiga chiqish uchun kurashni davom ettirmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.