Yuventus Spallettiga 2028 yilgacha yangi shartnoma taklif qilmoqchi

Yuventus Spallettiga 2028 yilgacha yangi shartnoma taklif qilmoqchi

Turinning «Yuventus» klubi bosh murabbiy Luchano Spalletti bilan hamkorlikni uzaytirish masalasini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, klub mutaxassisga 2028 yil yozigacha mo'ljallangan yangi bitim taklif qilmoqchi. Biroq Spalletti shoshilmayapti: u rahbariyatdan murabbiy istagan futbolchilarni olib berish bo'yicha aniq kafolatlar kutmoqda.

Spalletti «Yuventus»ni 2025 yil oktyabr oxirida qabul qilib olgan. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha amal qiladi. Hozirda turinliklar A Seriya jadvalida 22 turdan so'ng 42 ochko bilan 5-o'rinda bormoqda va peshqadam «Inter»dan 10 ochkoga ortda qolgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.