G'undogan Manchester Siti Arsenaldan o'zib ketishiga ishonadi

G'undogan Manchester Siti Arsenaldan o'zib ketishiga ishonadi

“Galatasaray” yarim himoyachisi Ilkay G'undogan Angliya Premer-ligasidagi chempionlik poygasi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

35 yoshli futbolchi chorshanba kuni Chempionlar ligasining umumiy bosqichi yakuniy turi doirasida sobiq jamoasi “Manchester Siti”ga qarshi maydonga tushadi.

“Men “Manchester Siti” “Arsenal”ni ortda qoldirib, Premer-liga chempionligini qo'lga kiritishiga ishonaman. Yaqinda ochkolar farqi qisqardi, qolaversa, “Siti” forma topganda uzoq muddat mag'lubiyatsiz seriya qilishni juda yaxshi biladi. Men jamoa va murabbiyga ishonaman, ularga omad tilayman”, — dedi o‘tgan yozda “shaharliklar” safidan ketgan G'undogan matbuot anjumanida.

23 turdan so‘ng “Manchester Siti” APL jadvalida peshqadam “Arsenal”dan to‘rt ochko ortda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.