Denzel Dyumfris qachon Inter safga qaytishi ma'lum bo'ldi

Denzel Dyumfris qachon Inter safga qaytishi ma'lum bo'ldi

Milaning «Inter» klubi himoyachisi Denzel Dyumfrisning jarohatdan keyingi qaytish muddati bo'yicha yangiliklar paydo bo'ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jurnalist Paskuale Guarroning xabar berishicha, Dyumfris ikki hafta ichida jamoa bilan umumiy mashg'ulotlarga qo'shilishi kutilmoqda. Qayd etilishicha, u 22-fevral kuni «Lechche»ga qarshi uchrashuvga qadar safga qaytib ulgurishi mumkin. 15-fevraldagi «Yuventus» bilan o'yin uchun arizaga kiritilishi ehtimoli bor, biroq maydonga tushishi juda qiyin.

Joriy mavsumda 28 yoshli niderlandiyalik futbolchi barcha musobaqalarda 15 ta uchrashuvda qatnashib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

28-yanvar kuni «Inter» Chempionlar ligasi umumiy bosqichidagi yakuniy o'yinini Dortmundning «Borussiya» klubiga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.