Napoli Sterling transferi nega amalga oshmasligini tushuntirdi

“Napoli” sport direktori Jovanni Manna ingliz vingeri Rahim Sterling borasidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
31 yoshli futbolchi yaqinda erkin agentga aylandi: uning “Chelsi” bilan shartnomasi bekor qilingan. Sterlingga da’vogarlar orasida “Napoli” ham tilga olingandi, biroq neapolliklar kelishuv ehtimolini deyarli yo‘qqa chiqardi.
“Rahim juda kuchli futbolchi, lekin u ancha vaqtdan beri o‘ynamayapti. Yozda u bilan muzokara qilganmiz, ammo hozir uni tarkibga qo‘shish qiyin, chunki uning moliyaviy talablari juda yuqori”, — dedi Manna Sky Sport’ga bergan intervyusida “Chelsi”ga qarshi Chempionlar ligasi uchrashuvi oldidan.
Uchrashuvning matnli translyatsiyasi LiveResult.ru saytida yoritib borilmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













