Senesi nega Italiyadan ko'ra Argentinani tanlaganini aytdi

2023 yilda argentinalik himoyachi Markos Senesi terma jamoa borasida jiddiy tanlov oldida qoldi: u Italiya yoki Argentina safida to'p surishi mumkin edi. Bu vaziyat aynan “Finalissima” arafasida yuz berdi — Yevropa chempioni Italiya va jahon chempioni Argentina o'zaro kuch sinashadigan bahs oldidan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Senesiga ikkala terma jamoa murabbiylaridan ham chaqiruv kelgan, biroq u yakunda Argentinani tanladi. Italiyalik ildizlarga ega futbolchi qarorini shunday izohladi: “O'zimni tegishli deb bilmagan mamlakat madhiyasini kuylashimga to'g'ri keladi, deb o'yladim”.
Eslatib o'tamiz, hozirda Markos Senesi Angliyaning “Bornmut” klubida to'p surmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













