«Arsenal» «Lids»ni yirik hisobda mag‘lub etdi va boshqa o‘yinlar natijasi

«Arsenal» «Lids»ni yirik hisobda mag‘lub etdi va boshqa o‘yinlar natijasi

Angliya Premer-liga 24-turidagi uchta o‘yin bir paytning o‘zida “hissiyotlar paketini” berdi: bir yerda yirik g‘alaba, bir yerda so‘nggi soniya dramasi, yana bir yerda mehmonning sovuqqon “ish bitdi”si.

\"Lids\" maydonida \"Arsenal\"ning “katta bayonoti”

\"Arsenal\" safarda \"Lids Yunayted\"ni 4:0 hisobida mag‘lub etib, chempionlik poygasidagi kayfiyatni yana baland qildi. Hisobni 27-daqiqada Martin Subimendi ochdi, birinchi taymda esa Karl Darlauning avtogoli londonliklarga yanada qulaylik yaratdi. Ikkinchi bo‘limda Viktor Gyokeresh va Gabriel Jezus nuqtani qo‘ydi.

Lids – Arsenal 0:4

Gollar: Subimendi 27, Darlau 38 avtogol, Gokeresh 69, Jezus 86

Lids – Darlau, Bogl, Gudmundsson, Rodon, Streyk, Jastin (Longstaff, 46), Ampadu, Gruyev (Okafor, 46), Stax (Gnonto, 81), Aaronson, Kalvert-Lyuin (Piroye, 85).

Arsenal – Rayya, Timber, Saliba, Gabrriel, Inapkiye (Kalafiori, 76), Rays, Subimendi, Xavers (Edegor, 61), Madueke (Martinelli, 61), Trossar (Eze 81), Gokeresh (Jezus, 75)

\"Vulverxempton\"ga \"Bornmut\" klubi “sovuq dush” qildi

\"Vulverxempton\" o‘z maydonida \"Bornmut\"ga 0:2 hisobida yutqazdi. Mehmonlar safida Eli Junior Kroupi 33-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, Aleks Skott 90+1-daqiqada g‘alabani “muhrlab” qo‘ydi.

Vulverhempton – Bornmut 0:2

Gollar: Kroupi 33, Skott 90+1

Vulverhempton – Sa, Moskera, S, Bueno, Agbadou, Gomesh, Joao Gomes, Andre, Mane, X.Bueno, Arokodare, Xvang (Larsen, 70)

Bornmut – Petrovich, Smit, Hill, Senesi, Tryuffert, Skott, Kuk, Ximenes, Kruopi (Kristiye, 68), Adli (Rayyan, 68), Evanilson

Betuning oxirgi soniyadagi “qutqaruv”i

\"Brayton\" 73-daqiqada Paskal Gross goli bilan g‘alaba tomon ketayotgandek edi. Lekin \"Everton\" taslim bo‘lmadi: 90+7-daqiqada Bet-u hisobni tenglashtirib, mehmonlar uchun juda qimmat 1 ochko olib berdi — 1:1.

Brayton – Everton 1:1

Gollar: Gross 73 - Bet-u 90+7

Brayton –Verbryuggen, Kadio‘g‘li, van Hekke, Dank, de Kyuper (Veltman, 70), Ayyari, Baleba, Gross, Ryutter, Uelbek (Kostoulas, 70), Mitoma (Minteh, 60)

Everton – Pikford, O’Brayn, Tarkovski, Kin, Brantueyt, Guye, Garner, Armstrong, Dyuzberi-Holl, Ndiay, Barri (Bet-u, 89)

Natijada turnir jadvalida \"Arsenal\" 53 ochko bilan peshqadam yurishini davom ettiryapti.

Qolgani esa oddiy: 24-tur hali “isib” ketdi, keyingi o‘yinlar esa bundan ham ko‘proq \"syurpriz\" tayyorlab qo‘yishi mumkin.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.