The Athletic talqinida tarixdagi eng zo'r futbolchi aniqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda The Athletic tuzgan futbol tarixidagi 100 nafar eng kuchli futbolchi ro'yxati keng muhokamaga sabab bo'lmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Reytingning kuchli o'nligi quyidagicha: Lionel Messi, Diego Maradona, Pele, Yoxan Kroyf, Krishtianu Ronaldu, Alfredo di Stefano, Frans Bekkenbauer, Zinedin Zidan, Ferens Pushkash va Mishel Platini.
Bunday ro'yxatlarni mutlaqo xolis tuzish qiyin ekani ta'kidlanmoqda. Redditdagi izohlarda futbol muxlislari o'rtasida qizg'in bahslar avj oldi: ayrimlar uch karra jahon chempioni bo'lgan Pelening nega faqat uchinchi o'rin bilan cheklangani borasida e'tiroz bildirdi.
Shuningdek, sobiq darvozabon Lev Yashin ushbu reytingda 18-pog'onadan joy oldi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













